OrqagaHuquqiy ma'lumot

Mukofot dasturi qoidalari


1. Qoidalar istalgan “Maxim” servisidan foydalanuvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, “Maxim” servisining rasmiy taklifidir va mukofotlash dasturining barcha shartlarini o‘z ichiga oladi.
2. Qoidalarda ishlatiladigan atamalar.
2.1. Ishtirokchi — “Maxim” servisi xizmatlaridan foydalanuvchi.
2.2. Yangi ishtirokchi — “Maxim” servisi xizmatlaridan ilk bor foydalangan, muqaddam “Maxim” servisi promokodlarini faollashtirmagan va ilova (ilovaga biriktirilgan telefon raqami) dan yoki telefon raqamidan buyurtma bermagan foydalanuvchi.
2.3. Foydalanuvchi — “Maxim” servisi ishlash qoidalari”da keltirilgan shartlarga muvofiq “Maxim” servisi xizmatlariga buyurtma beruvchi jismoniy shaxs.
2.4. Promokod — ilovada generatsiyalangan va mukofotlash dasturi ishtirokchilari tomonidan o‘zaro almashinish maqsadida yakka tartibda ishlatish uchun mo‘ljallangan harflar va raqamlar ketma-ketligi. Promokod o‘z jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi, taqdim etilayotgan mukofot va “Maxim” servisi aksiyalarida ishtirok etish identifikatori bo‘lib, faqat o‘zi shakllangan mamlakatda ishlatilishi mumkin xolos. Promokodni faollashtirish uchun uni “Maxim” ilovasidagi tegishli maydonga kiritish yoki operatorga aytib turib yozdirish mumkin, agar bunday imkoniyat reklama materiallarida aks ettirilgan bo‘lsa.
2.5. Mukofot so‘mi — o‘zbek so‘mida hisoblanadigan shartli birlik bo‘lib (1 mukofot so‘mi 1 o‘zbek so‘miga teng), 10% gacha bo‘lgan chegirma sifatida ishlatilishi mumkin, agar boshqa shartlar reklama materiallarida va/yoki ushbu qoidalarda buyurtmalarga arzon tariflarda to‘lov o‘tkazish uchun ko‘rsatilmagan bo‘lsa. Mukofot so‘mlari pul mablag‘lariga almashtirilmaydi va ushbu qoidalar bilan belgilangan cheklangan ishlatish muhlatiga ega.
2.6. Sovg‘a so‘mi — o‘zbek so‘mida hisoblanadigan shartli birlik bo‘lib (1 sovg‘a so‘mi 1 o‘zbek so‘miga teng), buyurtma qiymati sovg‘a so‘mlari nominali (miqdori)dan ortiq bo‘lmagan shartda buyurtmalarga arzon tariflarda 100% gacha to‘lov o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.
2.7. Shaxsiy hisob raqami — “Maxim” servisi tomonidan shakllangan “Maxim” ilovasi foydalanuvchisining virtual hisob raqami bo‘lib, unda arzon tariflarda buyurtmalarga to‘lov sifatida to‘lovlardan ushlab qolingan (hisobdan chiqarilgan) avans to‘lovlari va pul mablag‘lari qayd qilinadi.
2.8. Chegirma — “Maxim” servisi xizmatlaridan foydalanuvchisiga “Maxim” ilovasi orqali arzon tariflardagi buyurtmalarga potensial talabot haqidagi axborot joylashtirilishida ko‘rsatilgan miqdorda beriladigan chegirma.
2.9. Aksiyalar — “Maxim” servisi tomonidan oldindan e’lon qilingan turli reklama va marketing tadbirlari. Aksiyalarda ishtirok etish doirasida foydalanuvchilar promokodlar, chegirmalarni qo‘lga kiritishlari va ushbu qoidalar bilan ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
3. Mukofotlar turlari.
3.1. “Birinchi mukofot”. Yangi ishtirokchi “Maxim” ilovasiga “Maxim” servisining reklama materiallaridan olingan promokodni kiritadi. Promokod muvaffaqiyatli faollashtirilganidan so‘ng Yangi ishtirokchi hisob raqamiga reklama materialida ko‘rsatilgan sovg‘a so‘mlari mablag‘i kiritiladi, bu mablag‘ni mablag‘ tushganidan so‘ng 90 kun davomida buyurtmalarga arzon tariflarda to‘lovlar o‘tkazish uchun ishlatish mumkin.
3.2. “Yangi mukofot”. Yangi ishtirokchi va/yoki reklama materiallarida ko‘rsatilgan muddat ichida o‘z telefon raqamidan buyurtma bermagan va “Maxim” servisi promokodlarini faollashtirmagan Ishtirokchi “Maxim” ilovasiga “Maxim” servisi reklama materiallaridan olgan promokodni kiritadi yoki uni operatorga aytadi, agar bunday imkoniyat reklama materiallarida ko‘rsatilgan bo‘lsa. Promokod muvaffaqiyatli faollashtirilganidaan so‘ng Yangi ishtirokchi yoki ushbu bandda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq keluvchi Ishtirokchi hisob raqamiga reklama materiallaridan ko‘rsatilgan mukofot so‘mlari mablag‘i kiritiladi, bu mablag‘larni hisob raqamiga tushgan kunidan boshlab 90 kun davomida buyurtmalarga arzon tariflarda to‘lovlar o‘tkazish uchun ishlatish mumkin.
3.3. “Do‘stlaringizga tuhfa qiling”. Ishtirokchi “Maxim” ilovasida shaxsiy promokodni generatsiya qiladi va uni istalgan mumkin bo‘lgan usul bilan Yangi ishtirokchiga o‘tkazadi. O‘z mobil telefonida promokodni faollashtirganidan so‘ng Yangi ishtirokchi 70000 mukofot so‘mi oladi. Agar Yangi ishtirokchilar ularga mukofot so‘mlari o‘tkazilganidan so‘ng 90 kun davomida “Maxim” ilovasi orqali kamida 3 ta buuyurtmaga to‘lov o‘tkazgan bo‘lsa Ishtirokchi Yangi ishtirokchilar tomonidan uning har bir shaxsiy kodi faollashtirilganligi uchun 12000 mukofot so‘mi oladi. Mukofot so‘mlari foydalanuvchilarning shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkaziladi va ularni hisob raqamiga tushgan kundan boshlab 90 kun davomida buyurtmalarga arzon tariflarda to‘lovlar o‘tkazish uchun ishlatish mumkin.
3.4. “Aksiyali promokod”. “Maxim” ilovasi foydalanuvchisi “Maxim” servisi aksiyasida ishtirok etish uchun promokod oladi. Promokod faollashtirilganidan so‘ng foydalanuvchi aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Mukofot va sovg‘a so‘mlari faollashtirish uchun berilmaydi. Promokodni faollashtirish muhlati va tartibi, shuningdek aksiyalarning shartlari, o‘tkazilish tartibi va amal qilish muddati foydalanuvchiga “Maxim” ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
3.5. “Sovrinli promokod”. “Maxim” ilovasi foydalanuuvchisi “Maxim” servisi aksiyalarida ishtirok etish natijalariga ko‘ra mukofot sifatida promokod oladi. Promokod faollashtirilganidan so‘ng sovg‘a so‘mlari foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilib, arzon tariflarda buyurtmalarga to‘lov o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin. Promokodning o‘zbek so‘midagi nominali va undan foydalanish muddati aksiya shartlari bilan belgilanadi.
3.6. “Sovg‘ali promokod”. “Maxim” ilovasi foydalanuvchisi “Sovg‘ali promokod yaratish” tugmachasi yordamida promokodni generatsiya qiladi (agar ilovada bunday funksional bo‘lsa) va o‘zi uning sovg‘ali o‘zbek so‘midagi nominalini ko‘rsatadi. Sovg‘ali so‘mlar miqdoriga teng bo‘lgan o‘zbek so‘midagi pul mablag‘lari foydalanuvchining shaxsiy hisob raqami yoki biriktirilgan bank kartasidan ushlab qolinadi. Foydalanuvchi promokodni istalgan mumkin bo‘lgan usul bilan uni faollashtira olishi mumkin bo‘lgan qabul qiluvchiga beradi. Faollashtirilganidan so‘ng sovg‘ali promokod nominalini tashkil etadigan miqdordagi sovg‘a so‘mlari qabul qiluvchining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
4. Promokodlar, mukofot va sovg‘a so‘mlaridan foydalanishning qo‘shimcha shartlari “Maxim” servisining reklama materiallarida ko‘rsatilishi mumkin.
5. “Maxim” servisi mukofotlash dasturi qoidalari, muhlatlari, shartlari haqida “Maxim” ilovasi va taximaxim.com/app sayti orqali xabar beradi.